9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi.
Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birga yoki ular bilan kelishilgan holda kiritadilar.
