20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarini tasdiqlash (qabul qilish)
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin ularning tasdiqlanishini (qabul qilinishini) nazarda tutuvchi xalqaro shartnomalarni tasdiqlash (qabul qilish):
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
