15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (172-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritiladi, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki agar shartnoma boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlariga kiradigan masalalarga daxldor boʻlsa, ular bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
