3-modda.
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (167-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
Tilning Qoraqalpogʻiston Respublikasida amal qilishiga bogʻliq masalalar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha ish yuritish va rasmiy hujjatlarni qabul qilish tili belgilanishi mumkin.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bogʻliq udumlarni ado etishda qoʻllanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini oʻz xohishlariga koʻra tanlash huquqiga egadirlar.
