9-modda. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatini moliyaviy taʼminlash
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida (113-I-son) · Sana: 31.08.1995 · Kuchini yo'qotgan
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati, ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlarini istisno etganda, respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatining respublikaga olib kirilayotgan, respublikadan olib chiqilayotgan va tranzit boʻlib qatnayotgan karantindagi materiallarni tekshirish va koʻzdan kechirish, shuningdek hujjatlar berish bilan bogʻliq xarajatlari yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi.
Ixtisoslashgan fumigatsiya otryadlari oʻz xarajatini batamom oʻzi qoplash asosida faoliyat koʻrsatadi va karantindagi materiallarni zararsizlantirish ishlarini bajarganligi uchun kelgan tushumlardan hosil boʻladigan maxsus mablagʻlar hisobidan taʼminlanadi.
