7-modda. Viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining vakolatlari
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida (113-I-son) · Sana: 31.08.1995 · Kuchini yo'qotgan
Viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari:
karantindagi zararkunandalarni, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi yerlarini, oʻsimlik mahsulotlari saqlanadigan va qayta ishlanadigan, karantindagi mahsulotlar kelib tushadigan joylarni va ularga tutash hududni muntazam ravishda nazorat tekshiruvidan oʻtkazib turishni tashkil etadi.
aniqlangan zararlanish oʻchoqlarining kengayishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ularni bartaraf etish uchun, shuningdek karantindagi obyektlarni olib kirish yoʻllarini topib, ularni yopib tashlash uchun shoshilinch choralar koʻradi;
urugʻlarga, oʻsimliklarga va oʻsimlik mahsulotlariga fitosanitariya va boshqa karantin sertifikatlarini beradi;
respublikaga chet mamlakatlardan kelayotgan mahsulotlarni, shuningdek transport vositalarini sogʻlomlashtirish va zararsizlantirishni tashkil etadi;
tegishli hududda karantin oʻrnatish (uni bekor qilish) toʻgʻrisida mahalliy hokimiyat organlariga tavsiyanomalar yoʻllaydi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
