2-modda. Karantin tadbirlari
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida (113-I-son) · Sana: 31.08.1995 · Kuchini yo'qotgan
Karantin tadbirlari quyidagilarga taalluqlidir:
qishloq xoʻjalik ekinlari, dorivor, oʻrmon hamda manzarali ekinlarning urugʻlari va koʻchatlariga, oʻsimliklar hamda ularning qismlari (qalamchasi, piyozi, tugunagi, mevasi va boshqalar)ga, shuningdek zararkunandalarni, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni olib oʻtishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday oʻsimlik mahsulotlariga;
tirik zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar, nematodlar, kanalar va hasharotlarga;
oʻsimlik kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi hasharotlar kolleksiyalari va bu hasharotlar keltiradigan zararlarning namunalari, shuningdek gerbariylar va urugʻlar kolleksiyalariga;
karantin ostida deb eʼlon qilingan chet mamlakatlardan va respublika hududidan kelayotgan, zararkunandalarni, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni olib oʻtishi mumkin boʻlgan qishloq xoʻjalik mashinalari va yerni ishlash qurollari, idishlarning barcha turi, ayrim sanoat mollari, oʻrov-qoplov vositalari hamda oʻsimlikdan tayyorlangan mahsulotlar, yaxlit toshlar, tuproq namunalari, transport vositalariga;
oʻsimlik mahsulotlarini tayyorlaydigan, gʻamlaydigan, qayta ishlaydigan va realizatsiya qiladigan korxonalar hamda tashkilotlarning hududlari va binolari, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi yerlari, tomorqa, yakka tartibdagi yer uchastkalari hamda dala hovlilar, jamoa bogʻlari va polizlari, qishloq xoʻjalik maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlarga (yoʻllar, elektr oʻtkazgichlar atrofidagi muhofaza joylariga).
