1-modda. Oʻsimliklar karantinining asosiy vazifalari
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida (113-I-son) · Sana: 31.08.1995 · Kuchini yo'qotgan
Oʻsimliklar karantinining asosiy vazifalari oʻsimliklarning tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat boʻlib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi:
respublika hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalardan, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlardan muhofaza etish;
karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarni vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni yoʻq qilish, shuningdek respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona oʻtlardan holi mintaqalariga ular kirib borishining oldini olish;
qishloq xoʻjalik mahsulotlari va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borish.
