2-modda. Sudga shikoyat berilishiga loyiq xatti-harakatlar (qarorlar)
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida (108-I-son) · Sana: 30.08.1995 · Amalda
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:
fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzgan;
fuqaroning oʻz huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarishiga monelik tugʻdirgan;
fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab boʻlgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi.
