1-modda. Sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqi
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida (108-I-son) · Sana: 30.08.1995 · Amalda
Har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan oʻz huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, chet ellik fuqarolar ushbu Qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu Qonunga muvofiq sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
