8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar ularni koʻrib chiqish navbati, palataning har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan qoʻmitalari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Senat majlisi kun tartibining loyihasi Senat Kengashi tomonidan tuziladi.
Senatorlar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadilar.
Senat majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi.
