7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta oʻtkaziladigan majlislaridir.
Senat majlislari, agar ularning ishida senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni maʼqullash, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlishi shart.
Senatning navbatdan tashqari majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi taklifiga binoan yoki senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Senat Kengashi muntazam ravishda Senat majlislari oraligʻida toʻplanadi.
Senat qoʻmitalarining majlislari Senat majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Senat qoʻmitalarining majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Senat majlislari vaqtida qoʻmitalarning majlislari oʻtkazilmaydi.
