49-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oraligʻidagi davrda esa Senatning Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Senatning yoki Senat Kengashining senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Senatning yoki Senat Kengashining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
