46-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga saylash uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash toʻgʻrisidagi masalani oʻzining navbatdagi majlisida koʻrib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat aʼzolari ovozlarining yetarli sonini ololmasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Senat koʻrib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senat koʻrib chiqishi uchun boshqa nomzodlar taqdim etiladi.
