45-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat oʻz tasdigʻiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan eʼtiboran 48 soatdan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini esa ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Senat qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Senat tomonidan koʻrib chiqiladi.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
