40-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin Senat tomonidan koʻrib chiqiladi.
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Senat tomonidan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda eʼlon qilinishi lozim.
