39-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish kerakligi toʻgʻrisidagi materiallarni, Qonunchilik palatasining referendum oʻtkazish va uning oʻtkaziladigan sanasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini, shuningdek mazkur masala boʻyicha masʼul qoʻmitaning xulosasini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
referendum tayinlash va uni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Senat Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish va uning oʻtkaziladigan sanasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur masala yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari ushbu masala yuzasidan Senat qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
