27-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Senatda kelishuv komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi mumkin.
Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Senat Raisi va Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Kelishuv komissiyasining Senatdan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida, Senat majlislari oraligʻidagi davrda esa uning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar.
