26-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan maʼqullanadi, ushbu Reglamentning 32-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Senat tomonidan maʼqullangan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etish vajlari koʻrsatilishi kerak. Unda bir vaqtning oʻzida qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
Senatning qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
