23-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Qonun Senatga kiritilayotganda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
1) Qonunchilik palatasining qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori;
2) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun;
3) Qonunga doir uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati;
4) Qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun;
5) oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
6) moddiy xarajatlar talab etuvchi qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asos;
7) davlat daromadlarining qisqartirilishini yoki davlat xarajatlarining koʻpaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
