54-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Qonunchilik palatasi, shuningdek deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
Parlament soʻroviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay Qonunchilik palatasining majlisida beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Parlament soʻrovlari boʻyicha axborot Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi muhokama yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
