52-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Reglament, unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish Qonunchilik palatasining qarori bilan qabul qilinadi.
Reglamentni oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar qoʻmitalar, deputatlar birlashmalari yoki deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi miqdoridagi deputatlar guruhi tomonidan kiritilishi mumkin, tushgan taklif Kengash tomonidan Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasiga qoʻshiladi va palata uni birinchi navbatda koʻrib chiqadi.
Qonunchilik palatasi majlislarini oʻtkazish, Qonunchilik palatasining Reglamentida nazarda tutilmagan faoliyatiga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqish tartib-taomillari Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.
