51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Qonunchilik palatasi deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari Qonunchilik palatasi tomonidan, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda esa uning Kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
