41-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror Senatga yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi deputatlarning zarur ovozlari sonini toʻplamagan boʻlsa va shu majlis jarayonida mazkur qaror loyihasini Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishi uchun kiritish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish tartib-taomilidan oʻtmagan hisoblanadi.
