40-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi.
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala rad etilgan taqdirda, u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kamida bir yildan keyin qayta kiritilishi mumkin.
