26-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishga tayyorlash masʼul qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun loyihasini qoʻmitalarda muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili taklif etilgan holda oʻtkaziladi.
Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, masʼul qoʻmita qonun loyihasi olingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida uni:
Kengashning qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorining loyihasini;
masʼul qoʻmitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan holdagi xulosasini ilova qilib, Kengash koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Kengash masʼul qoʻmita taqdim etgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
