7-modda. Deputat vakolatlarining muddatidan ilgari toʻxtatilishi
Oʻzbekiston Respublikasida Deputatlarning maqomi toʻgʻrisida (66-I-son) · Sana: 06.05.1995 · Amalda
Deputatning vakolatlari:
u oʻz vakolatini zammasidan soqit qilgan;
qonunga koʻra deputatlik vakolatini bajarishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan;
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan;
chaqirib olingan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan;
vafot etgan taqdirda muddatidan ilgari toʻxtatiladi.
Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli hokimiyat vakillik organi qarori bilan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Deputat uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organ (partiya) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bu organning (partiyaning) taklifi ham deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
