31-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar, Kengashi deputatining daxlsizligi
Oʻzbekiston Respublikasida Deputatlarning maqomi toʻgʻrisida (66-I-son) · Sana: 06.05.1995 · Amalda
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati tegishli hududda tegishli Kengashning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas. Hokimning yoki hokim vazifasini ijro etuvchi mansabdor shaxsning rozilik berish haqidagi qarori keyinchalik tegishli hokimiyat vakillik organi tasdigʻiga kiritiladi.
Viloyat va Toshkent shahar Kengashining deputatiga nisbatan jinoiy ish tegishli viloyat, Toshkent shahri prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan, tuman, shahar Kengashining deputatiga nisbatan esa — tegishli tuman, shahar prokurori yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
