17-modda. Deputatning saylovchilar oldida hisob berishi
Oʻzbekiston Respublikasida Deputatlarning maqomi toʻgʻrisida (66-I-son) · Sana: 06.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis va Joʻqorgʻi Kenges deputati vaqti-vaqti bilan, ammo yiliga kamida bir marta, viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati esa yiliga kamida ikki marta oʻz ishi toʻgʻrisida saylovchilarga hisobot berib turishi va oʻzi saylangan hokimiyat vakillik organining ishi haqida xabardor etib borishi shart. Deputatning hisoboti saylovchilar talabi bilan ham oʻtkazilishi mumkin.
Deputatning hisobotlari shu maqsadda chaqiriladigan saylovchilar yigʻilishlarida yoki mazkur saylov okrugi vakillarining yigʻilishlarida oʻtkaziladi. Deputatning hisoboti yuzasidan yigʻilish qaror qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli ommaviy axborot vositalari deputatlarning hisobotlari yoritilishini taʼminlaydilar.
