2-modda. Fuqaro muhofazasi vazifalari
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida (80-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:
aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga oʻrgatish;
obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
xalq xoʻjaligi obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan tadbirlar kompleksini oʻtkazish;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini taʼminlash;
aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan taʼminlash tadbirlarini oʻtkazish;
aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini taʼminlash;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni oʻtkazish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar koʻrgan hududlarda jamoat tartibini yoʻlga qoʻyish va saqlab turish;
aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
