19-modda. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida (80-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
zararlanish oʻchoqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish;
aholini va xalq xoʻjaligi obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
aholi hayot faoliyatini taʼminlash obyektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlarining faoliyati, ularni butlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
