13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida (80-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
oʻz hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda oʻzlari yoʻliqishlari mumkin boʻlgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari toʻgʻrisida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam koʻrsatiladi.
