11-modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida (80-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Tashkilotlar oʻz vakolatlari doirasida:
fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
urush davrida barqaror ishlashni taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
oʻz xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga oʻrgatishni amalga oshiradilar;
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;
xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar;
moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.
Potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega boʻlgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
