92-modda. Ish haqining eng kam miqdori
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Muayyan muddat uchun belgilangan ish vaqti normasini toʻliq ishlab bergan va oʻzining mehnat vazifalarini (mehnat normalarini) bajargan xodimning oylik ish haqi, korxona mulkchilikning qaysi shaklida ekanligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz boʻlmasligi lozim.
Qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, shuningdek mukofot puli va ragʻbatlantirish tarzidagi boshqa toʻlovlar eng kam ish haqi miqdoriga kirmaydi”.
61. 93-modda chiqarib tashlansin.
62. 94 va 95-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
