289-modda. Davlat sanitariya nazorati
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Davlat organlari boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek ayrim shaxslar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”
143. 290-moddaning birinchi qismidagi “VSSPS tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish koʻruvchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
144. 291-moddadagi “SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida” degan soʻzlar “qonunlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
145. Oʻn sakkizinchi bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
