285-modda. Davlat pensiya taʼminoti
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Qonunlarga muvofiq xodimlar va ularning oila aʼzolariga:
a) yoshga doir pensiyalar;
b) nogironlik pensiyalari;
v) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari tayinlanadi va toʻlanadi.
140. 286-moddada:
1) birinchi qismning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) kasaba uyushmalari, shuningdek ular ixtiyorida boʻlgan mehnatning texnika va huquq inspeksiyalari tomonidan — shu inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarga binoan amalga oshiriladi;”
2) ikkinchi qismdagi “SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida” degan soʻzlar “qonunlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat qonunlari aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi quyi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi”.
141. 287-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanoatning ayrim tarmoqlarida va ayrim obyektlarda ishlarni xavfsiz yuritish qoidalariga rioya qilish ustidan davlat nazorati (kasaba uyushmalarining texnika inspeksiyalari bilan bir qatorda) Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat komiteti (Oʻztogʻkontexnazorat) va uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.”
142. 288 va 289-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
