245-modda. Fayriqonuniy ravishda xodimni ishdan boʻshatishda yoki boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxs zimmasiga moddiy javobgarlik yuklash
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Sud gʻayriqonuniy ravishda xodimni ishdan boʻshatishda yoki boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxs zimmasiga ana shu xodimga majburiy progul vaqti yoki kam ish haqi toʻlanadigan ishni bajargan vaqti uchun haq toʻlanishi munosabati bilan korxona, muassasa va tashkilotga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash majburiyatini yuklaydi. Bunday majburiyat, basharti ishdan boʻshatish yoki boshqa ishga oʻtkazish qonun ochiqdan-ochiq buzilgan holda amalga oshirilgan boʻlsa yoki mehnat nizolarini koʻruvchi organning xodimni ishga tiklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini maʼmuriyat kechiktirgan boʻlsa yuklatiladi.
Etkazilgan zarar oʻrnini qoplash uchun toʻlanadigan haq miqdori uch oylik mansab okladidan oshmasligi kerak.
