241-modda. Ishdan boʻshatish va boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha qaror qabul qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Xodim qonuniy asossiz ishdan boʻshatilgan yoki belgilangan tartibni buzgan holda ishdan boʻshatilgan yoxud gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgani taqdirda, u mehnat nizosini qarab chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak.
Fayriqonuniy ravishda sudlanganligi munosabati bilan ishdan boʻshatilgan yoki gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan ishdan (lavozimdan) chetlatilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi lozim, buning imkoni boʻlmaganida esa (korxona, muassasa, tashkilot tugatilganida, shtatlar qisqartirilganida, shuningdek ishga (lavozimga) tiklash uchun toʻsiq boʻluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlgan taqdirda) avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) taklif etilishi kerak.
