236-modda. Mehnat nizolari komissiyasining qarorlarini ijro etish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Mehnat nizolari komissiyasining qarori (ishga tiklash toʻgʻrisidagi qarorlardan tashqari) bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan oʻn kunlik muddat oʻtganidan keyin uch kun ichida korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati tomonidan bajarilishi shart.
Fayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan yoki boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni oʻz ishiga tiklash toʻgʻrisidagi mehnat nizolari komissiyasining qarorini ijro etish tartibi ushbu Kodeksning 244-moddasi bilan tartibga solinadi.
Basharti, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega boʻlgan guvohnoma beriladi.
Basharti, xodim yoki maʼmuriyat belgilangan muddat ichida rayon (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etsalar, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi bergan guvohnoma asosida va u olinganidan keyin koʻpi bilan uch oy ichida rayon (shahar) sudiga taqdim etilganida, sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy ravishda ijro ettiradi.
Basharti, belgilangan uch oylik muddatni xodim uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan boʻlsa, guvohnoma bergan mehnat nizolari komissiyasi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.
