231-modda. Mehnat nizolari komissiyalarini tuzish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Mehnat nizolari komissiyalari kamida 15 kishi ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da saylanadi.
Koʻpchilik ovozini olgan va umumiy yigʻilish (konferensiya)da ishtirok etganlarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan nomzodlar komissiya tarkibiga saylangan hisoblanadilar.
Saylash tartibi, komissiya aʼzolarining soni va tarkibi, uning vakolat muddati korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da belgilanadi.
Mehnat nizolari komissiyasi oʻz tarkibi orasidan komissiya raisi, rais oʻrinbosarlarini va komissiya kotibini saylaydi.
Korxona, muassasa, tashkilot mehnat jamoasi umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning qaroriga binoan boʻlinmalarda ham mehnat nizolari komissiyalari tashkil etilishi mumkin. Bunday komissiyalar boʻlinma jamoasi tomonidan saylanadi va korxona, muassasa, tashkilot mehnat nizolari komissiyasi amal qiladigan asoslarda faoliyat koʻrsatadi. Boʻlinma mehnat nizolari komissiyasida ana shu boʻlinmaning vakolatlari doirasidagi mehnat nizolari qarab chiqilishi mumkin.
