“188-1-modda. Qoʻshimcha dam olish kuni
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (vasiy, homiyga) 16 yoshga toʻlgunga qadar ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq toʻlangan holda oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni beriladi.”
113. 189-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Homilador ayolga boshqa, yengilroq va noqulay ishlab chiqarish faktorlari taʼsir etishiga imkon bermaydigan ish berish masalasi hal etilguniga qadar, u ana shu sabablar tufayli ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun korxona, muassasa, tashkilot mablagʻlari hisobidan oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.”
114. 191-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
