9-modda. Jamoat birlashmasiga aʼzolik
Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida (223-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamoat birlashmasi aʼzolari (qatnashchilari) boʻladilar. Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat birlashmalarining ustavida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning birlashmaga aʼzo boʻlishlari koʻzda tutilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari jumhuriyat siyosiy partiyalarining aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Bir siyosiy partiyaning aʼzosi ayni vaqtda boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi boʻla olmaydi.
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalaridan tashqari jamoat birlashmalarining faoliyatida ularning ustavlarida koʻzda tutilgan hollarda jamoa aʼzolari: korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoatlari, fuqarolarning birlashmalari ishtirok etishlari mumkin.
