22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish
Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida (223-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin.
Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin.
Xalqaro jamoat birlashmalari, uning boʻlinmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish toʻgʻrisida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
