21-modda. Javobgarlik asoslari
Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida (223-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy, maʼmuriy, moddiy yoki oʻzga javobgarlikka sabab boʻladi.
Jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun bu ishda aybdor boʻlgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar boʻladilar.
Jamoat birlashmasi, shu jumladan oʻz ustavini roʻyxatdan oʻtkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.
