5-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Maʼmuriy nazorat ostiga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklashlar qoʻllanilishi mumkin:
a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qoʻygan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash;
b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida boʻlishini taqiqlash;
v) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash;
g) roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha militsiyaga kelib uchrashish.
Yuqorida koʻrsatilgan cheklashlar nazorat ostida boʻlgan shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, avvalgi sudlanganligiga va uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab toʻla hajmda yoki ayrim-ayrim yoʻsinda qoʻllaniladi.
Cheklashlar roʻyxati uzil-kesil hisoblanadi, unga qoʻshimchalar qilish yoki kengaytirib sharhlash mumkin emas.
