4-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Maʼmuriy nazorat voyaga yetgan quyidagi shaxslarga nisbatan oʻrnatiladi:
a) ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni oʻtash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;
b) ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng ichki ishlar idoralarining jamiyat uchun zararli kun kechirishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan boʻlsalar;
v) oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan.
