19-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Maʼmuriy nazorat ostida turgan shaxs halol mehnat qilib kun kechirishi, jamoat tartibini buzmasligi, boshqa fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi,quyidagi qoidalarga rioya etishi shart:
a) militsiyaning chaqiruviga binoan koʻrsatilgan muddatda borish hamda maʼmuriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish;
b) ishlash yoki yashash joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, shuningdek tuman (shahar)dan tashqariga ketayotgani toʻgʻrisida maʼmuriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimlarini bir kecha-kunduzda xabardor qilish;
v) boshqa aholi manzilgohiga borganida va u yerda bir kecha-kunduzdan koʻproq vaqt turib qolganida mahalliy ichki ishlar (militsiya) boʻlimida roʻyxatdan oʻtish;
g) ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan, unga nisbatan qoʻllanilgan cheklashlarga rioya etish.
