15-modda.
Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida (750-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
Ichki ishlar idoralari (militsiya) xodimlari maʼmuriy nazoratni amalga oshirishda:
a) nazorat ostiga olinganlarning xulq-atvorini ular yashayotgan va ishlayotgan joyda muntazam nazorat qilib borishlari;
b) nazorat ostiga olinganlarni tanlangan istiqomat joyida propiska qilish va ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish yuzasidan zarur choralar koʻrishlari;
v) ular tomonidan jamoat tartibi buzilishi, boshqa fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishini oldini olishlari hamda yoʻl qoʻymasliklari;
g) ularga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilganligi toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibida bayonnomalar yozishlari shart.
