Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son) · Sana: 31.10.1990 · Amalda
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablagʻlarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek oʻz mablagʻlarini birlashtirgan mulkdorlar oʻrtasida daromadlarni qoʻshgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111466
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 27-modda. Aralash mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-111455/27 (lex.uz/docs/-111466)