26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son) · Sana: 31.10.1990 · Amalda
1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi.
2. Davlat budjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar.
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi.
